Niderlandiya terma jamoasi Van Gal qo'l ostida so'nggi bor 2001 yilda mag'lub bo'lgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54

Niderlandiya terma jamoasi Millatlar ligasida Polshani mag'lub etdi (2:0).
OPTA xabariga ko'ra, niderlandlar Lui van Gal qo'l ostida ketma-ket 31 rasmiy o'yinda mag'lub bo'lmagan (penaltilar bo'yicha mag'lubiyat hisobga olinmaydi). Ushbu murabbiy qo'l ostida so'nggi mag'lubiyat 2001 yilning 1 sentyabrida Irlandiyaga qarshi o'yinda bo'lgan.
Niderlandiya terma jamoasi Millatlar ligasida o'z guruhida peshqadamlik qilmoqda - 13 ochko.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!