So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Superligada faol o'yin vaqti oshishi uchun jismoniy tayyorgarlik bo'yicha maxsus texnikalar harid qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 462
Yaqinda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish va Superliga o'yinlarining shaffof o'tishin ta'minlash maqsadida yig'ilish tashkil etgan va unda O'FA hamda PFL mutasaddilari, Superliga klublarining bosh murabbiylari va hakamlar ishtirok etishgan edi.
Yig'ilish davomida futbolni yanada rivojlantirish borasida tegishli ko'rsatma va chora-tadbirlar, qilinishi kerak bo'lgan ishlar yuzasidan mas'ul mutasaddilarga qo'shimcha ko'rsatmalar berilgan edi.
Ta'kidlanganidek, hozirda Superliga o'yinlarda aksariyat holatlarda faol o'yin vaqti 55-60 daqiqa atrofida bo'lmoqda. Ushbu vaqtni yanada ko'paytirish, faol o'yin vaqtini oshirish maqsadida Superliga klublari ham endilikda har bir futbolchi bilan individual tarzda ishlash tartibiga o'tadi.
Hozirda milliy terma jamoa va olimpiya terma jamoa o'yinchilari bilan jismoniy tayyorgarlik borasida yakka tartibda ham shug'ullanilmoqda va endilikda ushbu holat Superliga klublarda ham tashkil etiladi.
Qolaversa, kelasi mavsumdan boshlab Superliga klublari futbolchi jismoniy holatini tekshrib, uni barqaror ravishda yaxshi sport formasini ushlab turishida ko'mak beruvchi maxsus texnikalarga ega bo'lishi ta'minlanadi.