Turin klubi "Marsel" futbolchisini to'liq sotib oladigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
"Torino" sport direktori Davide Vanyati "Marsel"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Nemanya Radonich klubda qolishini ma'lum qildi.
"Biz Radonichni "Marsel"dan sotib olamiz, u doimiy o'yinchimiz bo'ladi. U bizga qo'shilish uchun maoshini kamaytirdi", — dedi Football Italia nashriga Vanyati.
Turin klubi 26 yoshli serbiyalik futbolchini 2022 yilning yozida ijaraga olgandi. U "Torino" safida 5 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!