Zakariya "Chelsi"ga o'tishi haqida: "Bu mening ambitsiyamni isbotlash uchun eng yaxshi imkoniyat"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
"Chelsi"ning yangi futbolchisi Denis Zakariya Tomas Tuxel jamoasiga o'tishi haqida fikr bildirdi. Eslatib o'tamiz, Shveytsariya terma jamoasi yarim himoyachisi Turinning “Yuventus” klubidan 30 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olingandi.
“Yangi tajriba va yangi sarguzasht vaqti keldi. Men o'zimni yaxshilash uchun taklifni qabul qildim. Bu imkoniyatdan juda xursandman. Menimcha, bu mening ambitsiyalarimni isbotlash uchun eng yaxshi imkoniyatdir. Bu sarguzasht boshlanishini kuta olmayman”, — deb yozdi Zakariya ijtimoiy tarmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!