Diallo "RB Leyptsig"da tibbiy ko'rikdan o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
"PSJ" himoyachisi Abdu Diallo ayni damda "RB Leyptsig"da tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, senegallik tez orada mavsumiy ijara asosida "buqalar" safiga qo'shiladi.
Qayd etilishicha, mavsum yakunida “RB Leyptsig” futbolchini 25 million evroga sotib olish huquqiga ega bo'ladi. Avvalroq, himoyachiga "PSJ"ning yangi bosh murabbiyi Kristof Galtening rejalariga kiritilmaganini tushunish berilgandi.
Diallo o'tgan mavsumda parijliklar safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!