"Sevilya" daniyalik hujumchini o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
Ispaniyaning “Sevilya” klubi yangi hujumchi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Andalusiya klubi safini daniyalik “Nitstsa” hujumchisi Kasper Dolberg bilan to'ldirdi.
La Liga vakili matbuot xizmati xabar berishicha, shartnoma bir yillik ijara asosida, keyinchalik sotib olish huquqi bilan tuzilgan. To'lov miqdori 20 million evroni tashkil qiladi.
24 yoshli futbolchi Frantsiya chempionatining so'nggi mavsumida 26ta o'yinda ishtirok etdi. Dolberg oltita gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!