"Nyukasl" "Lester" yulduzini sotib olishga harakat qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Lester" jamoasi yarim himoyachisi Yuri Tilemans transfer oynasining so'nggi kunida yana bir APL vakili safiga qo'shilishi mumkin.
Daily Mail gazetasi jurnalistlarining yozishicha, 25 yoshli ijrochining transferiga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. Katta ehtimol bilan tomonlar belgilangan muddatdan oldin kelishuvga erishishadi, chunki Yurining “tulkilar” bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi. "Lester" o'yinchisini tekinga yo'qotish xavfi bor.
Oldinroq belgiyalik 25 yoshli futbolchiga "Liverpul" va "Manchester Yunayted"dan ham qiziqish borligi haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!