"Chelsi" 45 million evro evaziga yangi transfer borasida muzokaralar olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 62
PSV Eyndxoven jamoasi yarim himoyachisi Ibrohim Sangare faoliyatini Tumanli Albionda davom ettirish niyatida.
Britaniyaning Daily Mail nashri xabariga ko'ra, 24 yoshli yarim himoyachini transferiga Londonning "Chelsi" klubi qiziqmoqda. Tomonlar muzokaraga kirishgan va transfer tafsilotlarini muhokama qilishmoqda. Potentsial bitim summasi 40-45 million evroga baholanmoqda.
Afrikalik futbolchi Eyndxoven jamoasida 2020 yilning sentyabr oyidan buyon o'ynayapti. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!