"Chelsi" futbolchisi Ispaniya klubiga ijaraga beriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
"Chelsi" yarim himoyachisi Kenedi Ispaniyaning "Valyadolid" klubiga ijara asosida o'tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi Revelo nashri.
Kenedi 2015 yilning yozidan beri "ko'klar"ga tegishli. Bu vaqt ichida braziliyalik londonliklar safida 30 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kenedi o'tgan mavsumda "Chelsi"ning atigi uchta o'yinida maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Premer-liganing joriy mavsum besh turidan so'ng “ko'klar” 7 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!