Dest "Barselona" rahbariyatiga ketish istagini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63
Serjino Dest "Barselona"dan "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.
21 yoshli o'ng qanot himoyachisi ingliz klubiga o'tishga tayyor, ammo kelishuvning muvaffaqiyati bir qancha omillarga bog'liq, deb xabar beradi ESPN o'z manbalariga tayanib.
Dest La Liganing dastlabki uch turida "Barsa" tarkibida maydonga tushmadi. Bosh murabbiy Xavi futbolchiga yangi klub izlashni maslahat bergan.
Dastlab, amerikalik Kataloniya klubini tark etishni istamagan, biroq manbalarga ko'ra, uni "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligi qiziqtirgan.
"MYu" bosh murabbiyi Erik ten Xag Dest bilan "Ayaks"da ishlagan va uni o'z jamoasida bo'lishini istaydi. Biroq Serjinoning transferi Aaron Van-Bissakaning kelajagiga bog'liq. 24 yoshli futbolchiga yozda "Kristal Pelas" va "Vest Xem" qiziqish bildirgandi, ammo u hozircha "Manchester Yunayted"da qolmoqda.
"Manchester Yunayted" vositachilar orqali "Barsa"ga Van-Bissakani Destaga almashtirishni taklif qildi, ammo kataloniyaliklarni bu variant qiziqtirmadi. Destni qo'lga kiritish uchun "Yunayted" 2020 yilda "Barsa" "Ayaks"ga to'lagan miqdorni - taxminan 20 million evro to'lashi kerak edi. Biroq, "Barsa"ning Serjinodan qutulish istagini inobatga olgan holda, manbalar klub moliyaviy talablarini kamaytirishga yoki hatto Dest bilan ijara shartnomasini ko'rib chiqishga tayyor bo'lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.