Gvardiol "Leyptsig"da qoladi. "Chelsi" futbolchi uchun 100 million evro taklif qilgandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
"Leyptsig" bosh direktori Oliver Minttslaff himoyachi Yoshko Gvardiol ushbu va keyingi mavsumda klubda qolishini tasdiqladi.
"Yoshko bu mavsumda bizda o'ynashini tasdiqlashim mumkin. Taxmin qilishim mumkinki, u keyingi mavsumda ham bizning o'yinchimiz bo'lib qoladi, - dedi Minttslaff.
Avvalroq, "Chelsi" nemis klubiga 20 yoshli xorvat uchun 100 million evro taklif qilgani malum bo'lgandi.
Gvardiol o'tgan mavsumda Bundesligada 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!