Saka "Arsenal" bilan shartnomasini uzaytirishga sha'ma qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Arsenal" vingeri Bukayo Saka o'z jamoasi bilan tez orada yangi shartnoma imzolashi haqida gapirdi.
Saka 2019 yildagi debyutidan beri katta yutuqlarga erishdi va 20 yoshida “Arsenal”ning asosiy o'yinchilaridan biri hisoblanadi.
Avgust oyi boshida "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta Saka bilan shartnomani yangilashga "juda ishongan"ligini aytdi va Bukayo ham xuddi shunday his qilmoqda.
"Ha, men uning ishonchiga qo'shilaman. Men jamoadoshlarim, murabbiylarim va muxlislarning mehrini his qilyapman. Ha, ular meni bu erda chinakam sevishlarini his qilyapman", - dedi Saka The Independent bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!