Lebron Jeyms "Milan"ga sarmoya kiritmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
AQShning “Los-Anjeles Leykers” basketbol jamoasi hujumchisi Lebron Jeyms futbol klubiga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
Gap A Seriyaning amaldagi chempioni “Milan” haqida ketmoqda. Manbaga ko'ra, Lebron "Nyu-York Yankis", "Manchester Siti" va "Nyu-York Siti" klublariga egalik qiluvchi investorlar guruhiga qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, 2011 yilda Jeyms "Liverpul"ning 2 foiz ulushini 5 million funt sterlingga sotib olgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!