Myuller: "Germaniya kubogi finaliga qaytmoqchiman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller jamoasi joriy mavsumda Germaniya kubogida g'oliblik uchun jiddiy kurashmoqchi ekanligiga shama qildi. Eslatib o'tamiz, myunxenliklar oxirgi marta 2019/20 yilgi mavsumda ushbu turnirda g'alaba qozongan edi.
"Ikki yildan so'ng biz yana Germaniya kubogi finaliga qaytishni xohlaymiz. Chorshanbani intiqlik bilan kutmoqdaman”, - deya Myuller so'zlarini keltirgan jurnalist Maksimilian Kox.
Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni "Bavariya" Germaniya kubogining birinchi bosqichida "Viktoriya" bilan safarda o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!