Haverts: "Sterlingning o'yin uslubi "Chelsi"ga mos keladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
"Chelsi" hujumchisi Kay Xaverts yozgi transfer oynasida "Manchester Siti"dan sotib olingan jamoaning yangi futbolchisi Raxim Sterling haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Rahim bilan bir jamoada o'ynaganimdan mamnunman. Sterling katta tajribaga ega, u maydonda juda harakatchan. Atrofingizda shunday tajribali o'yinchilar bo'lsa, bu sizga yordam beradi. Uning o'yin uslubi "Chelsi"ga juda mos keladi", deydi nemis hujumchisi.
"Chelsi" Sterlingni 56 million evro evaziga sotib oldi. London klubi 27 yoshli vinger bilan 5 yillik mehnat shartnomasini imzolagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!