"Liverpul" jarohat olgan futbolchilari o'rnini 30 million evroli transfer bilan to'ldirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57
"Liverpul" yarim himoyachi pozitsiyasi uchun ustuvor variant haqida qaror qabul qildi. "Mersisaydliklar" nemis klubi bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgan “Leyptsig” yarim himoyachisi Konrad Laymerni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Liverpool Echo nashri xabariga ko'ra, shartnoma muddati tugashi sababli, "buqalar" avstriyalik yarim himoyachini 30 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" shu yozda Laymerni sotib olmoqchi edi, ammo Myunxen klubi kerakli summani to'lashga rozi bo'lmadi.
"Liverpul" yangi yarim himoyachi sotib olishga majbur, chunki ayni damda Aleks Oksleyd-Chemberlen, Tiago Alkantara va Kyortis Jonslar jarohat olishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!