So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Tokio-2020 Olimpiadasi tashkiliy qo'mitasining vitse-prezidenti Toshkentga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 781
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi «O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio (Yaponiya) shahrida bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida”gi qaroriga binoan yurtimiz sportchilari to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga qizg'in tayyorgarlik ko'rishmoqda. Bu borada Milliy olimpiya qo'mitasi ham keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirmoqda. O'z navbatida, o'zbek sportchilarining xalqaro maydondagi natijalari ham ko'pchilikning diqqat-markazida bo'lib turibdi.
Shu nuqtai nazardan 9-10 may kunlari Tokio-2020 Olimpiadasi tashkiliy qo'mitasining vitse-prezidenti, Tokio parlamenti deputati janob Toshiaki Endo boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda mehmon bo'ladi.
Martabali mehmon joy olgan samolyot bugun tunda Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportiga kelib qo'ndi. Yaponiya delegatsiyasini MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov boshchiligidagi Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari, keng sport jamoatchiligi va OAV vakillari kutib olishdi.
Olimpiya o'yinlari tashkiliy qo'mitasi delegatsiyasining yurtimizga tashrifi mamlakatimizda sportga bo'lgan e'tiborga berilgan yuksak bahodan dalolat beradi. Toshiaki Endo ikki kun mobaynida yurtimizda sport sohasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'ladi. Shuningdek, martabali mehmon 10 may kuni MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov qabulida bo'lishi va tomonlar o'rtasida muzokara o'tkazilishi rejalashtirilgan.