Ro'ziqul Berdiev: ««Lokomotiv» — jiddiy raqib»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
Kecha O'zbekiston Kubogi chorak finaliga qur'a tashlandi. Qur'a natijasiga ko'ra «Nasaf» Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan kuch sinashadigan bo'ldi. Bu haqda qarshiiklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Biz so'nggi paytlarda Kubok doirasidagi bellashuvlarda asosan safarda o'ynayotgandik. Bu safargi qur'a bizga o'z uyimizda o'ynash imkoniyatini taqdim etdi. «Lokomotiv» — jiddiy raqib. «Temiryo'lchilar» safida tajribali futbolchilar jamlangan. Bizni oldinda bir jamoa bilan ikkita qiziqarli bahs kutib turibdi”, — dedi Ro'ziqul Berdiev.
«Nasaf» futbol klubi matbuot xizmati
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!