«Barselona» Breyuteyt bilan shartnomani bekor qilishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63
«Barselona» rahbariyati hujumchi Martin Breytueyt bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda Jerar Romero xabar tarqatdi.
Daniyalik futbolchi shartnoma bekor qilish uchun 5 million evro miqdorida kompensatsiya so'rayotgandi. Klub esa ushbu miqdorni kamaytirishga harakat qilmoqda. Agar klub Breytueyt bilan xayrlashsa, maoshlar jamg'armasidagi xarajatlar 3 million evroga kamayadi. Natijada "ko'k-anorranglilar" Jyul Kundeni ro'yxatdan o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
31 yoshli Martin esa erkin agent sifatida boshqa jamoa bilan shartnoma imzolash huquqini qo'lga kiritadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!