Lodi "Atletiko"ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 58
Renan Lodi "Atletiko"ni tark etishi mumkin.
Klub 24 yoshli futbolchi jahon chempionati oldidan o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun uni qo'yib yuborishga tayyor. Mish-mishlarga ko'ra, himoyachiga "Nottingem Forest" va "Nitstsa" klublari qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq Lodi chap qanot himoyasi uchun "Nyukasl"ning asosiy maqsadiga aylangani xabar qilingandi.
O'tgan mavsumda braziliyalik futbolchi 42 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.
Lodining "Atletiko" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!