«PSJ» darvozaboni faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 59
«PSJ» darvozaboni Denis Franki faoliyatini Angliyada davom ettiradi, deb xabar beradi Frantsiya terma jamoasi sayti.
19 yoshli italiyalikning huquqlarini joriy mavsum chempionshipda o'ynaydigan "Byornli" sotib oldi.
Franki "Udineze" akademiyasidan Frantsiyaga ko'chib o'tgan va 2019 yildan beri "PSJ" tizimida o'ynamoqda.
Parijliklarning asosiy jamoasida u hech qachon maydonga tushmagan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 250 ming evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!