"MYu" hujumchisi safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91
Hujumchi Antoni Marsyal jarohati sabab "Manchester Yunayted"ning yangi mavsumdagi ikkita dastlabki o'yinini o'tkazib yubordi.
Premer-liganing 3-turida frantsiyalik futbolchi nihoyat maydonga tushdi. U zaxiradan maydonga tushdi va "Liverpul" bilan bahsning butun ikkinchi yarmini o'tkazdi. 45-daqiqada Marsyal golli uzatmani amalga oshirdi.
Endi u yana lazaretga qaytdi. Matbuot anjumanida “qizil iblislar” bosh murabbiyi Erik ten Xag frantsiyalik futbolchining tovoni bilan bog'liq muammolari borligini aytdi. Marsyal 27 avgust, shanba kuni soat 16:30da boshlanadigan "Sautgempton"ga qarshi APL doirasidagi safar o'yinini o'tkazib yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!