Toni Kroos faoliyati davomida to'qnash kelgan eng kuchli futbolchilarni sanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94
«Real» yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyati davomida to'qnashgan eng yaxshi futbolchilar haqida gapirdi.
"700 dan ortiq o'yinda ishtirok etganman, shuning uchun baribir bir-ikki qoyilmaqom futbolchilar bilan to'qnash kelishim, tabiiy. Tanlov qilish qiyin bo'lmoqda.
Agarda tanlash kerak bo'lsa, 4 nafar futbolchiga to'xtalaman: darvozabon — Manuel Noyer. Ham jamoadosh, ham raqib sifatida. Himoyachi — Serxio Ramos. Xavbek — Luka Modrich. Hujumda esa, so'zsiz, Krishtianu Ronaldu", dedi Toni Kroos.
Germaniyalik futbolchi 2009—2014 yillar mobaynida «Bavariya» sharafini himoya qilgan. 2014 yildan buyon «Real» safida to'p surib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!