Beleringga A Seriyadan nomzod paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Arsenal"ning qanot himoyachisi Ektor Beleringa Italiya chempionatidan da'vogar paydo bo'ldi.
Insayder Janluka di Martsioning xabariga ko'ra, "Udineze" 27 yoshli ispaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Belerinning o'zi ham klubini o'zgartirish istagini yashirmayapti.
Ektorning "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning transfer narxi 20 million evro atrofida baholanmoqda.
Belerin o'tgan mavsumda "Betis"da ijara asosida o'ynagandi. Himoyachi barcha turnirlarda 32 ta jangda qatnashib, o'z hisobiga beshta golli uzatma yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!