"Bayer" "MYu" qiziqish bildirgan hujumchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 58
Leverkuzenning "Bayer" klubi o'z hujumchisi Mussa Diabi bilan yangi shartnoma imzolash borasida muzokara o'tkazmoqchi.
Transfermarkt portali xabariga ko'ra, nemis klubi rahbariyati hujumchi bilan hamkorlikni 2026 yilgacha uzaytirishga tayyor. Shu bilan birga, “dorishunoslar” frantsiyalik futbolchi uchun 60 million evro taklif qilishsa, uni sotish ehtimolini istisno qilishmayapti.
Avvalroq, Diabiga "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" klublari tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
2021/2022 yilgi mavsumda hujumchi “Bayer” tarkibida 42 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!