Britaniyalik milliarder "Manchester Yunayted"ni sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64
Britaniyalik milliarder Jim Retkliff tez orada “Manchester Yunayted”ni sotib olishi mumkin, deb xabar bermoqda Sky Sports.
Manbaga ko'ra, funktsioner klubning ulushini qo'lga kiritmoqchi. U hozirda "Nitstsa" va "Lozana" klublariga egalik qiladi.
2021 yil oktyabr oyida Gleyzerlar oilasi “Manchester Yunayted”ning 8 foiz ulushini 186 million dollarga sotgani xabar qilingandi.
Klubning bozor qiymati 5 milliard funtga baholanmoqda. Biznesmen Malkolm Gleyzer 2005 yilning may oyida "Manchester Yunayted"ni sotib olgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!