"Chelsi"ni erkin agent maqomida tark etgan futbolchi La Liga klubi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 62
"Levante" matbuot xizmati "Chelsi"ning belgiyalik sobiq himoyachisi Charli Musondaning transferini e'lon qildi.
Futbolchi ispan klubiga tekinga borgan. Tomonlar 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzolashdi. U yana ikki yilga uzaytirilishi mumkin.
25 yoshli Musonda 2015 yildan buyon "Chelsi"da to'p tepib kelayotgan edi. U klub safida jami ettita o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!