"Atletiko" o'z futbolchisini "MYu"ga sotishni istamadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
Madridning “Atletiko” klubi “Manchester Yunayted” qiziqish bildirayotgan hujumchi Mateus Kunyani sotmaslikka qaror qildi.
Goal.com portali xabariga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone bu futbolchini jamoaning muhim figuralardan biri deb hisoblaydi.
Mateus "Atletiko" safiga o'tgan yilning yozida qo'shilgandi. Ispaniya chempionatining so'nggi mavsumida hujumchi 29 ta o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
“Atletiko” La Liganing yangi mavsumini muvaffaqiyatli boshlab, safarda "Xetafe"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!