"Sporting" Ronalduni qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82
"Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Sporting"ga qaytishi mumkin, deya xabar beradi Footmercato.
Manbaning xabariga ko'ra, Lissabon klubi futbolchining agenti Xorxe Mendesh bilan muzokaralar olib bormoqda. “Sporting” forvardni klub Chempionlar ligasida ishtirok etishiga ishontira oladi. Biroq muammo Ronalduning yuqori maoshida bo'lishi mumkin, u yiliga 30 million evroga yaqin oladi.
37 yoshli Ronaldu joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida ikkita o'yinda maydonga tushdi, ammo gol urmadi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!