Rasman! "Vulverxempton" portugaliyalik iqtidor bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
Himoyachi Mateus Nunes Lissabonning “Sporting” klubidan “Vulverxempton”ga o'tdi.
Ingliz klubi 23 yoshli portugaliyalik bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini ma'lum qildi. Shartnoma yana bir mavsumga uzaytirish variantini o'z ichiga oladi.
"Vulverxempton" matbuot xizmatining ta'kidlashicha, bu transfer klub tarixidagi rekord bo'ldi.
Nunes o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!