"PSJ"da dietolog ish boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
"PSJ" sport direktori Luish Kampush klubga dietolog yolladi, deb xabar beradi Le Parisen.
Manbaga ko'ra, kasbini o'zgartirgan sobiq futbolchi dietolog sifatida ishga qabul qilingan. Yangi xodimning birinchi qarori kola va muzli choyni futbolchilar ratsionidan chiqarib tashlash bo'ldi. Dietologning so'zlariga ko'ra, bu ikki ichimlik yuqori samarali sport turlariga mos kelmaydi.
Ilgari klubda bunday chora yo'q edi - xususan, Coca-Cola 22 yildan beri "PSJ"ning hamkori hisoblanadi. O'tgan yili hamkorlik shartnomasi 2024 yilgacha uzaytirilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!