"Napoli" Raspadori uchun 5 million evro to'laydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
Italiya terma jamoasi hujumchisi Jakomo Raspadori "Sassuolo"dan "Napoli"ga o'tadi. Jurnalist Janluka Di Martsio o'z saytida xabar berishicha, klublar ijara shartlarini kelishib olishdi.
Manbaga ko'ra, "Napoli" 22 yoshli italiyalikning ijarasi uchun 5 million evro to'laydi. Shartnoma futbolchining huquqlarini 25 million evroga sotib olish majburiyatini o'z ichiga oladi. Yana 5 million evro bonus sifatida to'lanishi mumkin.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 28 million evroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda Raspadori barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!