"Real" himoyachisiga APLdan taklif tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 85
Madridning “Real” klubi himoyachisi Alvaro Odriosola ushbu transfer oynasida Madrid klubini tark etishi mumkin.
AS nashri xabariga ko'ra, 26 yoshli ispaniyalikni "Nottingem Forest" jamoasi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Futbolchi bosh murabbiy Karlo Anchelotti ishonchini qozongani yo'q, shuning uchun u Angliyaga ko'chib o'tish variantini ko'rib chiqishga tayyor.
Odriosola o'tgan mavsumni "Fiorentina"da ijara asosida o'tkazgan edi. U "binafsharanglilar" safida barcha musobaqalarda 27ta o'yin o'tkazib, 1ta gol va 1ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!