"MYu" Feliks uchun 130 million taklif qildi, "Atletiko" esa...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86
Madridning “Atletiko” klubi “Manchester Yunayted”ning hujumchi Joau Feliksni sotib olish bo'yicha taklifini rad etdi, deya xabar beradi AS nashri.
Manbaga ko'ra, ingliz klubi 22 yoshli portugaliyalik uchun 130 million evro taklif qilgan. "Atletiko" o'z navbatida "Manchester Yunayted"ga futbolchini 350 million evroga sotib olish bandiga ishora qildi.
Feliks o'tgan mavsumda "matraschilar" safida 34 ta o'yinda 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining "Atletiko" bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!