"MYu" kurashdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100
"Barselona" va Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong "Manchester Yunayted"ga o'tmaydi, deb xabar beradi Sky Sports.
Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi rahbariyati muzokaralar juda uzoq davom etganligi sababli niderlandiyalik futbolchini sotib olishdan voz kechishga qaror qilgan. Avvalroq mankunianliklar futbolchini taxminan 80 million evroga sotib olishga rozi bo'lgani, biroq De Yongning o'zi bu transferga rozi bo'lmagani haqida xabar berilgandi.
25 yoshli Frenki joriy mavsumda “Barselona” safida bitta o'yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!