"Liverpul" muxlislari "Kristal Pelas" himoyachisiga tahdid qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
“Kristal Pelas”ning daniyalik himoyachisi Yoakim Andersen Angliya chempionatining 2-turidan o'rin olgan “Liverpul”ga (1:1) qarshi o'yindan so'ng unga tahdid qilinganini aytdi.
Ushbu uchrashuvda daniyalik futbolchi "Liverpul" hujumchisi Darvin Nunesning qizil kartochka olishiga sababchi bo'ldi.
Mersisaydlik muxlislar Andersenning xatti-harakatidan nihoyatda norozi bo'lib, ijtimoiy tarmoqlarda unga tahdid qilishdi. Himoyachining aytishicha, ular hatto uni va oilasini o'ldirish bilan ham tahdid qilishgan.
26 yoshli Andersen 2021 yilda "Kristal Pelas"ga "Lion"dan 17,5 million evro evaziga kelib qo'shilgan edi. U joriy mavsumda ikkita o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!