"Manchester Yunayted"ning Chempionshipga tushib ketish ehtimoli baholandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70
"Manchester Yunayted"ning bu mavsumda Chempionshipga tushib ketish ehtimoli 1,2 foizga baholandi. Bu haqda Stats Perform Season Prediction modeliga tayanib, Twitter'da Squawka xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" 2022/2023 yilgi mavsumni Erik ten Xag qo'l ostida boshlagan edi. Angliya Premer-ligasining (APL) dastlabki ikki turida “Manchester Yunayted” “Brayton” (1:2) va “Brentford”ga (0:4) imkoniyatni boy berdi.
"Manchester Yunayted" eng yomon to'p farqiga ega va ochko ololmagan jamoa sifatida turnir jadvalida oxirgi o'rinni egallab turibdi.
"Manchester Yunayted" navbatdagi o'z maydonida "Old Trafford"da "Liverpul" bilan o'ynaydi. O'yin 22 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!