UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bo'kalik yoshlar Respublika chempioni!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1439
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbusning ikkinchisi, ya'ni sport to'garaklari faoliyatiga alohida e'tibor berilishi natijasida Toshkent viloyati Bo'ka tumanidagi 15-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'z tengdoshlaridan sog'lom, chaqqon va abjir ekanliklarini isbotladi. O'zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan futbol bo'yicha Mehribonlik uylari va bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari o'rtasida Respublika birinchiligining final bosqichi Toshkent shahrida o'tkazildi. Hal qiluvchi bosqichda mamlakatimizning 4ta mintaqasidan sportchi yoshlar g'oliblik uchun bahs olib bordi. Final bosqichida Farg'ona vodiysi mintaqasidan Marg'ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari orasidan Xiva shahridagi Bolalar shaharchasi jamoasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyati vakillarini jamlagan hududdan esa Samarqand shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyi hamda Toshkent shahri, Jizzax, Toshkent va Sirdaryo viloyati vakillari o'rtasida Bo'ka tumanidagi 15-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'zaro bellashdi. Yakuniy bosqichda bo'kalik yoshlar Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini 8:2, Sirdaryo viloyati vakillarini 5:2, Toshkent shahri vakillarini 3:2 va yarim finalda Samarqand shahri yoshlarini 2:0 hisobida engishdi. Finalda Farg'ona viloyati vakillaridan 6:1 hisobida ustun kelgan Bo'ka tumanidagi 15-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Respublika chempionligini qo'lga kiritdi. Natijada bo'kalik sportchi yoshlar musobaqa bosh sovrini – ko'chma kubok, medallar, 1-darajali diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. Xulosa o'rnida shuni aytish kerak, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbusdan ko'zlangan maqsadlar birin-ketin o'z samarasini bera boshladi. Ushbu samara va natijalar o'quvchi yoshlarning ta'lim-tarbiyasida, hayotda erishayotgan yutuqlarida aks etishi lozim edi va bunga ma'lum ma'noda erishilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!