UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Sport yulduzlari Toshkent yoshlarini ommaviy sportga chorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1008
Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi “Ekopark” hududida “Sport yulduzlari poytaxt yoshlari bilan” shiori ostida ommaviy sport tadbiri o'tkazildi. Mazkur loyiha davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbusni amalga oshirish, xususan, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida o'z qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, natijada ularni to'liq sport mashg'ulotlariga jalb qilish g'oyasini yosh avlod o'rtasida keng targ'ib qilishga qaratilgan. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan o'tkazilgan ushbu tadbirda o'zbek sportining nafaqat bugungi, balki kechagi yulduzlari, faxriylari ham ishtirok etdi. Ayni vaqtda Toshkent shahrining 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan aholisi 482 110 nafarni (1 may holatiga ko'ra) tashkil etib, shundan 226 723 nafari, ya'ni 47 foizini xotin-qizlardan iborat. Ana shu yoshlarning (erkak-ayol birgalikda) 100 ming nafardan ortig'i, taxminan 21% sport bilan muntazam shug'ullanib keladi. Ushbu yosh toifasidagi sport bilan muntazam shug'ullanmayotgan yigit-qizlar o'rtasida o'tkazilgan so'rov natijalari shuni ko'rsatdiki, ularning taxminan 18 foizi sportga befarq emas. Joriy yilda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi oldida turgan asosiy vazifa – sog'lom turmush tarziga oshno tutingan yoshlar ko'rsatkichini 30 foizdan oshirishdan iborat. Bugun poytaxtimizdagi Ekopark hududida tashkil etilgan “Sport yulduzlari poytaxt yoshlari bilan” shiori ostidagi ommaviy sport tadbiri yosh avlod orasida jismoniy tarbiya va sportni yanada keng targ'ib etishga xizmat qiladi. Tadbirda ishtirok etgan Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Qosimov bu kabi tadbirlar aholi, xususan yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etishga xizmat qilishini alohida ta'kidladi. Shundan so'ng mamlakatimiz va jahon arenalarida o'zlarining yorqin g'alabalari bilan yurt sha'nini munosib himoya qilib kelayotgan atletlarimiz sportsevar yoshlar bilan master-klasslar o'tishdi. Ajab emaski ushbu tadbirdan bir olam taassurot olgan yoshlar o'z hayotini sport bilan bog'lashsa.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!