So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekistonlik bokschilar Rossiyaga jo'nab ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1553
8-12 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida boks bo'yicha Sovet Ittifoqi qahramoni Konstantin Korotkov xotirasiga bag'ishlangan an'anaviy xalqaro turnir bo'lib o'tadi.
Musobaqada jahonning 20 dan ortiq mamlakatidan 150 nafarga yaqin charm qo'lqop ustalari sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradi. Bu haqda O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ular qatorida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham bahslarda ishtirok etadi. Bugun turnirda qatnashadigan bokschilarimiz Xabarovskka jo'nab ketdi.
O'zbekiston terma jamoasi quyidagi tarkibda Rossiyaga yo'l oldi:
-52kg: Abrorjon Qodirov -57kg:
Xudoynazar Fayzov -69kg:
Saidjamshid Jafarov -69kg:
Bilolbek Mirzarahimov -75kg:
Bahromjon Fozilov -81kg:
Abdukarim Farmonov +91kg:
Lazizbek Mullajonov +91kg:
Ulug'bek Mubinov
Murabbiylar: Ravshan Xo'jaev, Alisher To'ychiev.
Shavkat Badalov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.