Premer-liganing ikki klubi bir himoyachi uchun kurash olib boradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57
"Verona" himoyachisi Pavel Davidovichga Premer-liganing ikki klubi qiziqish bildirmoqda.
Football Insider xabariga ko'ra, bu klublar "Fulxem" va "Bornmut". Ular transfer oynasi yopilguniga qadar himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.
27 yoshli futbolchi 2018 yildan beri "Verona"da o'ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakunlanadi.
O'tgan mavsumda Davidovich jamoa safida barcha musobaqalarda 19ta o'yin o'tkazgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 4,50 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!