"Napoli" Keylor Navas transferini e'lon qilishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
"PSJ" darvozaboni Keylor Navas faoliyatini "Napoli"da davom ettirishga tayyor, deb yozadi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaning xabariga ko'ra, klublar ayni damda transfer borasida kelishib olishga harakat qilishmoqda. Futbolchini italiyaliklar ijaraga olishlari mumkin, "PSJ" bu holatda unga maosh to'laydi.
Avvalroq Parij klubi bosh murabbiyi Kristof Galte yangi mavsumda asosiy darvozabon Janluiji Donnarumma bo'lishini aytgandi.
2021/22 yilgi mavsum yakunida Navas "PSJ" safida 26 o'yinda 24 ta gol o'tkazib yubordi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!