Messi 2005 yildan beri birinchi marta "oltin to'p"ga nomzodlar ro'yxatida bo'lmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
Bugun France Football jurnali o'tgan mavsum natijalariga ko'ra "Oltin to'p"ga da'vogar 30 nafar nomzodni taqdim etdi. Unga "PSJ" hujumchisi Lionel Messi kiritilmagan.
Argentinalik 2005 yildan beri birinchi marta nomzodlarning yakuniy ro'yxatiga kiritilmadi.
Messi "Oltin to'p"ning 7 karra sohibi. U o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrini sohibi hisoblanadi.
Hujumchi ortda qolgan mavsumda parijliklar safida barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!