"Lester" Fofananing kelajagi borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 65
"Lester" himoyachi Uesli Fofanani qancha pul evaziga sotishga tayyorligi haqida bir qarorga keldi. 21 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.
Footmercato xabariga ko'ra, "tulkilar" londonliklardan 95 million evro so'ramoqda. Bu hafta oxirida muzokaralar faollashishi kerak.
Oldinroq “Lester” bosh murabbiyi Brendan Rojers “Chelsi”ning so'nggi ikki taklifi klubni qanoatlantirmaganini aytgandi.
Fofana o'tgan mavsumda "Lester" safida 12 ta o'yinda 1 ta gol urgan. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!