Kandreva klubini o'zgartirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 65
"Sampdoriya" yarim himoyachisi Andrea Kandreva faoliyatini "Salernitana" klubida davom ettiradi, deya xabar berdi klub rasmiy sayti.
U yangi klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Shartnomada kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.
35 yoshli italiyalikning transfer qiymati 1 million evroga baholanmoqda.
Kandreva o'tgan mavsumda "Sampdoriya" tarkibida 39 o'yinda 7 gol va 13 golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!