So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Futbolda yutuq, durang va mag'lubiyat yonma-yon yuradi» – Ildar Sakaev ishtirokidagi matbuot anjumani
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 597
O'zbekiston Supaperligasi 7-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Dinamo” jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumaning ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ildar Sakaev ishtirok etdi.
Bu bahona emas.
“Uy uchrashuvlarida g'alaba qozonishimiz shart, bu gapim bilan “Dinamo” jamoasini kuchsiz demoqchi emasman, lekin, ayb o'zimizda. Yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmadik, kerak bo'lmagan vaziyatda gol o'tkazib yubordik. Raqib ikki zarba berdi va ikkita gol urdi, himoyada stabil o'yin namoyish etishimiz kerak edi. Termizda 27 may kuni o'ynashimiz kerak edi, lekin 29 may kuni o'ynadik, 48 soat katta rol o'ynadi tiklanib olishimiz uchun. Raqibimiz bizdan ikki kun ko'p dam oldi. Bu bahona emas.
Rejam ish bermadi.
Tanaffus paytida shogirdlarimga hisobda oldinda borayotganligimiz uchun “Dinamo” hujum qilishni boshlashini tushuntirdim, shu bois ularga himoyada ishonchli o'yin ko'rsatishimiz kerakligini tushuntirdim. Ikkinchi bo'limdagi taktikamiz himoyada o'ynash emas, himoyadan o'ynash edi. Agar gol kiritish uchun vaziyat tug'ilib qolsa hisobda yanayam oldinga chiqib olishni rejalashtirgandik. Dilshod Rahmatullaevning ham kutilmagan jarohati bizning zararimizga ishladi. A reja va B rejamiz bor edi, lekin B reja ish bermadi.
Futbolda yutuq, durang va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Bugungi o'yindan kerakli xulosa chiqarishimiz kerak. Hamma hujumkor futbolni yaxshi ko'radi, lekin maydondagi vaziyatdan kelib chiqib ish tutish kerak. Hujumkor futbol ko'rsatish uchun kuch kerak bo'ladi, yakka kurashlarda kurashish uchun kuch kerak bo'ladi. Futbolchilarimga atayin himoyaviy o'yin ko'rsatinglar deb ko'rsatma bermaganman, ularga vaziyatdan foydalanib gol kiritish va himoyamizda ishonchli o'yin ko'rsatish haqida uqtirganman.
Futbol muxlislar uchun o'ynaladi.
Biz ham faqati muxlislar uchun ishlaymiz. Alloh, bizga shu kasbni ato etibdimi, demak muxlislarni xursand qilishda davom etishimiz kerak. To'g'ri, bugun ular kutgan o'yinni namoyish eta olmadik. Men ham futbolchi, ham murabbiy sifatida shuni aytishim kerakki, doimo muxlislar bilan to'la tribunalarda futbol o'ynash yoqimli. Muxlislar qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Bugun andijonlik muxlislar so'nggi daqiqalargacha qo'llab-quvvatlab turishdi, ularga alohida rahmat aytishim kerak.
Men doim aytib kelaman, muvaffaqiyatsizlikka bosh murabbiy javobgar bo'ladi. Demak, men bugun aybdorman. Hayot davom etadi. Yo'lga qo'ygan xatolardan kerakli xulosalarni chiqarib, keyingi o'yinlarga tayyorgarlikni davom ettirishimiz kerak.
Shu kungacha bo'lgan uchrashuvlar ichida bugungi o'yinni qiyin kechdi deb aytishi mumkinmi?
Har bir o'yin qiyin bo'ladi. Uyda doim hujum uyushtirish kerak, ikki hissa kuch sarf qilish kerak. Superligada kuchsiz jamoa yo'q. Har bir jamoaga qarshi o'yinlar qiyin bo'ladi. Oldimizda safar uchrashuvimiz turibdi, 10 may kuni Jizzaxda “So'g'diyona” bilan o'ynaymiz, 3-4 kunni ichida tiklanib olish asosiy maqsadimiz. Yuqorida aytib o'tganimdek, “Dinamo” jamoasiga bo'lgan hurmatimni saqlagan holda shuni aytishim kerakki, ular bugun ikkita zarba yo'lladi va ikkita gol urdi. Darvoza va himoya – bu bizning uyimiz. O'z uyimiz oldiga raqiblarni yaqinlashtirmasligimiz kerak edi", -deya Ildar Sakaev so'zlarini keltiradi Stadion.uz muhbiri Jaloliddin Qobiljonov.