"Nottingem Forest" tarkibini kuchaytirishda davom etmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 65
Footmercato xabariga ko'ra, "Nottingem Forest" "Vilyarreal" himoyachisi Pervis Estupinyanni sotib olmoqchi.
Manbaga ko'ra, ispan klubi ekvadorlik futbolchini 20 million evroga sotishga tayyor. “Nottingem” avvalroq “Betis” futbolchisi Aleks Morenoni sotib olishdan bosh tortgan edi. Ular hozirda yangi himoyachi izlamoqda.
24 yoshli Estupinyan 2020 yildan buyon "Vilyarreal"da o'ynab kelmoqda. U "Uotford"dan ispan klubiga o'tgandi. O'tgan mavsumda himoyachi jamoa safida barcha musobaqalarda 41ta o'yin o'tkazib, 2ta golga assistentlik qilgan.
Estupinyanning "Vilyarreal" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 20 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!