"Manchester Yunayted" Arnautovich uchun 14 million sarflashi kerak edi, biroq...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64
"Manchester Yunayted" "Bolonya" hujumchisi Marko Arnautovich transferi bo'yicha olib borilayotgan muzokaralar tafsilotlari ma'lum bo'ldi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, italyan klubi 33 yoshli avstriyalik futbolchi uchun 13 million evrodan 14 million evrogacha olmoqchi. "Manchester Yunayted" hujumchi sotib olish variantini jiddiy ko'rib chiqdi, biroq keyinchalik muxlislarning noroziligi tufayli bu g'oyadan voz kechdi.
"Manchester Yunayted" Arnautovichni sotib olmaydi, klub muzokaralarga qaytishni rejalashtirmayapti.
O'tgan mavsumda Arnautovich "Bolonya" safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali hujumchining narxini 6 million evroga baholamoqda.