"Inter" o'z hujumchisining narxini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68
Milanning “Inter” klubi hujumchisi Andrea Pinamonti faoliyatini Italiyaning boshqa klubida davom ettiradi. Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, "Sassuolo" futbolchi bilan shartnoma imzolaydi.
Hujumchining transferi “qora-yashillar” uchun 20 million evroga tushadi. Futbolchi bilan 2026 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma tuziladi. "Sassuolo"da Pinamonti yiliga 2,4 million evro ishlab oladi.
Italiya chempionatining so'nggi mavsumida hujumchi 36 ta uchrashuvda qatnashib, 13 ta gol (to'rttasi penaltidan) kiritdi va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!