Verner APLdagi faoliyati davomida eng ko'p golni qaysi jamoa darvozasiga kiritganini bilasizmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79
"Chelsi" klubidan "Leyptsig" jamoasiga o'tgan hujumchi Timo Verner Angliya maydonlarida o'zining gol urish qobiliyatini to'liq ochib bera olmadi, ammo "Sautgempton" bilan o'yinlarda hammasi boshqacha bo'ldi.
26 yoshli germaniyalik futbolchi "Chelsi"dagi ikki yillik faoliyati davomida Angliya Premer-ligasida 56 o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan. O'nta golning beshtasi "Sautgempton" darvozasiga kiritgan. "Avliyolar"ga qarshi to'rtta o'yinda hujumchi ikki martadan gol urdi va yana bitta gol bilan cheklandi. Qolgan beshta golni boshqa jamoalar darvozasiga kiritdi.
Vernerning "Leyptsig"ga qaytishi seshanba kuni rasman tasdiqlandi. Ushbu transfer "buqalar"ga 20 million evroga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!